BUNAK VIKTOR VALERIANOVICH

BUNAK VIKTOR VALERIANOVICH (1891. 23.9, Moskva — 1979) — antropologiya maktabi asoschisi, biologiya fanlari Doktori (1935), professor (1925). Moskva universiteti antropologiya ilmiy tadqiqot institutining direktori (1924-30), biologiya fakultetida va antropologiya institutida odam morfologiyasi bo’limi boshlig’i (1930— 48). «Rus antropologik jurnali» Bosh muharriri (1923-31). Rossiya Fanlar Akademiyasi etnografiya institutining antropologiya sektorida katta ilmiy xodim (1949). Bunakning asosin ishlari odam morfologiyasi, irqchilik, antropogenez, odam genetikasi, nutqning kelib chiqishi masalalariga oid. Bunak Teshiktosh g’oridan topilgan bolaning bosh suyagidagi miya bo’shlig’i tuzilishini tekshirib, uning «neandertal» odamlarga o’xshashligini isbotlagan.