BURBONLAR

BURBONLAR — Frantsiya, Ispaniya va ikkala Sisiliya Qirolligidagi qirollar sulolasi. Frantsiyada 1589— 1792, 1814-15, 1815-30 yillarda (asosiy vakillari: Genrix IV, Lyudovik XIV, Lyudovik XVI, Lyudovik XVIII); Ispaniyada 1700-1808, 1814-68, 1874-1931 yillarda va 1975 yildan (ispan shajarasiga Lyudovik XIV ning nevarasi Filipp V asos solgan); ikkala Sisiliya qirolligida 1735— 1805, 1814-60 yillarda (shajara asoschisi — Filipp V ning o’g’li Karl IV) hukmronlik qilganlar.