BURCH

BURCH — kishining biror shaxs, oila, jamoa, elyurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Burchda ob’yektiv munosabatlar ifodalanadi, ya’ni u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va axloqiy negizlari bilan belgilanadi. Burchning o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib, u insonning ichki kechinmalari, tashqaridan turib nazorat qilinmaydigan murakkab ruhiy holatini ifodalaydi. Burchiy mone’tiqod, onglilik, halollik, vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bog’liq. Burch qanday vazifa, kimning oldidagi majburiyat ekanligiga qarab turlicha bo’ladi (milliy Burch, ijtimoiy Burch, umuminsoniy Burch va boshqalar). Ijtimoiy va shaxsiy Burch, oilada ota-onalik Burchi, farzandlik Burchi va boshqa Burchlar bor. Burch nisbiy tushuncha. U ijtimoiy taraqqiyot jarayonida mazmunan boyib, shaklan o’zgarib boradi. Hozirgi sharoitda insonning tabiat va avlodlar oldidagi Burchi yangicha mazmun kasb etmoqda. Oilaviy Burch esa jamiyat oldida turgan maqsadlar bilan yanada uyg’unlashmoqda. OnaVatanga, xalqqa xizmat qilish eng ulug’va sharafli Burch hisoblanadi.