BURCHAK
BURCHAK — bir nuqtadan chiqqan ikki nur (yarim to’g’ri chiziq) dan tashkil topgan shakl. Nurlar Burchak tomonlari, ular chiqadigan nuqta Burchak uchi deb ataladi. Uchidagi harf yordamida Burchak LA shaklida, uchi va tomonlarida yotgan nuqtalar yordamida va s shaklida belgilanadi. Burchak tomonlari orqali tekislik o’tkazilsa, u tekislikni ikki qismga ajratadi. Agar Burchak tomonlaridan nurlarni Burchak uchidan qarshi tomonga davom ettirganda u tekislikning qaysi qismini kesmasa, shu qism Burchakning ichki tomoni deb ataladi. Tomonlari bir to’g’ri chiziqni tashkil qilgan Burchak yoyiq, uning yarmi esa to’g’ri Burchak deb ataladi. To’g’ri Burchakdan kichik Burchaklar o’tkir. kattalari o’tmas Burchak deyiladi. Bir tomoni umumiy, qolgan ikki tomoni bir to’g’ri chiziqni tashkil qiluvchi Burchak qo’shni Burchaklar, ikki to’g’ri chiziqning kesishishidan hosil bo’lgan Burchaklar vertikal Burchaklar deb ataladi. Tekislikdagi Burchakning ichki qismi gradus yoki radian (=57°) larda o’lchanadi. Masalan, yoyiq Burchak 180° yoki p, to’g’ri Burchak 90° yoki p/2 ga teng bo’ladi. Burchakni teng ikkiga bo’luvchi nur uning bissektrisasi deyiladi.