BURG

BURG (nemischa Burg) — 1) G’arbiy Yevropadagi o’rta asrlar qal’asi. Ayrim Burglar atrofida shaharchalar vujudga kelgan. Bu hol ayrim shaharlar nomida «Burg» so’zi ishlatilishiga sabab bo’lgan. Masalan, Gamburg, Magdeburg va hokazolar. 2) Shotlandiyada shahar ma’muriy-hududiy birligi.