BURGAN SUPURGI
BURGAN SUPURGI—makkasupurgi (Kochia scoparia L.) — sho’radoshlar oilasiga mansub bir yillik begona o’t. Poyasi tik o’sadi, sershox, bo’yi 30-150 santimetr, tanasi zangori tuklar bilan qoplangai. Barglari nishtarsimon, yassi, uchlari o’tkir. Gullari boshoqsimon to’pgulga yig’ilgan. Mevasi yumaloq yong’oqcha. O’qildizi tarmoqlangan. Iyuldan sentabrgacha gullab mevalaydi. Bir tupi yuz ming donagacha urug’ beradi. O’rta Osiyoda tarqalgan. Ekinzorlardagi Burgan supurgi kultivatsiya, tuproqni motigalash yo’li bilan yo’qotiladi.