Burggraf
Burggraf (nemischa Burggraf)-Germaniyaning o’rta asr shaharlarida qirol (yoki yepiskop-shahar senori) tomonidan tayinlangan amaldor shaxs. Burggraf ma’muriy-harbiy, sudlov hokimiyatini amalga oshirgan. Germaniyada 1918 yilgacha pruss qirollari boshqa unvonlardan tashqari Nyurnberg Burggrafi deb atalgan.