BURGOMISTR
BURGOMISTR (nemischa Burgeimeister) — ayrim mamlakatlar (Germaniya, Belgiya, Niderlandiya, Avstriya) mahalliy boshqaruv organlarida oliy mansabdor shaxs. Burgomistrlar mazkur organlarda yetakchi rol o’ynaydi: Markaziy hukumat vakili hisoblanadi, munisipal (mahalliy) xizmatchllarni ishga tayinlaydi va ishdan bo’shatadi; byudjet tuzish va uni bajarish ishlariga boshchilik qiladi. Burgomistr Germaniyaning ko’pchilik yerlarida munisipal kengashlar yoxud bevosita aholi tomonidan saylanadi (Germaniyaning Bavariya va Badenvyurtemberg erlarida) yoki bevosita hukumat tomonidan tayinlanadi. Quyi Saksoniya va shimoliy Vestfaliya yerlarida asosan vakillik vazifalarini bajaradi.