BURHONIDDIN XOJA IBN AHMAD XOJA
BURHONIDDIN XOJA IBN AHMAD XOJA (Oyxoja laqabi bilan mashhur) (?— 1759.15.10) — Sharqiy Turkistondagi Yorkent xonligi hokimi. Ofoqxoja avlodidan. Burhoniddin xoja Xitoydagi Manjur imperiyasi yordamida Yorkent xonligini qo’lga olib (1755), mustaqil siyosat yurgizishga harakat qiladi. Lekin bunga qarshi manjurlar katta qo’shin yuborib, ikki yil davom etgan urushlardan so’ng Qashqar, Yorkent va Xo’tan shaharlarini egallashgan. Burhoniddin xoja Badaxshon hokimi Sulton shoh himoyasiga qochgan, biroq Sulton shoh manjurlar tazyiqi ostida uni o’ddirishga majbur bo’ladi. O’g’li va xotini bejin (Pekin)ga olib ketiladi. Burhoniddin xojaning Sayid Muhammad Xoja (Sarimsoqxoja) ismli yolg’iz o’g’li O’rta Osiyoda manjurlar ta’qibidan jon saqlab qoladi.