BURISH DOIRASI

BURISH DOIRASI — Lokomotiv yoki vagonni bir izdan ikkinchi izga o’tkazuvchi yoki shu izda 180° burib qo’yuvchi qurilma. Asosan, temir yo’l izlari (relslar) dan iborat. Burish doirasi atrofi beton bilan mustahkamlangan dumaloq chuqurlikka o’rnatiladi; u chuqurlik markazidagi o’q yordamida aylanma izlarda harakatlanadi.