BURKA SULTON
BURKA SULTON, Buruj o’g’lon, Burunj o’g’lon, burish o’g’lon (? – 1480) — Jo’jyuson avlodidan bo’lgan ulus sultoni. Burka Sulton ulusi Sirdaryoning quyi oqimidagi erlardan iborat bo’lgan. Abulxayrxon Dashti Qipchoqning Sharqiy qismini bo’ysundirish uchun olib borgan kurashi davri (1431-46) da Burka Sulton unga itoat etishdan bosh tortgan. Abulxayrxon 15-asrning o’rtalarida Jo’jixon avlodidan bo’lgan sultonlarning ko’pchiligini mag’lub etgach, Burka Sulton ham unga bo’ysunishga majbur bo’lgan, so’ng Burka Sulton Katta O’rda xoni Ahmadxon (?-1481) yordamida Abulxayrxonning vafoti (1469)dan keyin taxtga o’tirgan Haydarxonga qarshi urush ochib, uni tormor keltirgan. Abulg’oziy Baxodirxonning yozishicha, Burka Sulton 15-asrning 80-yilgacha o’z ulusini mustaqil idora etib, Abulxayrxonning nabirasi Shayboniyxon tomonidan tunda to’satdan qilingan hujum vaqtida halok bo’lgan.