BURMACHAP QABRISTONI

BURMACHAP QABRISTONI — ko’chmanchi chorvador qabilalar (hunnular) antik davr yodgorligi (miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 1-asr). Burmachap qishlog’i (Qirg’iziston) dan topilgan. Burmachap qabristonini 1944-45 yillarda A. N. Bernshtam tekshirgan. Burmachap mozorlari har xil hajmdagi (kattalarining maydoni 30×30 metr, balandligi 8 MH kichiklarining maydoni 12×12 metr, balandligi 0,80 metr) tuproq uyumidan iborat. Burmachap qabristonida 5 mozor ochib ko’rilgan. Mozorlardan xurmacha, piyolasimon spool idish, to’rt oyokli yog’och kursi, temir taqinchoqlar topilgan. Bir mozorda murdaning bilaklaridagi kumush halqa, oyoqlaridagi rang-barang shisha munchoqaar, hatto uning jun va ipakdan to’qilgan kiyimi parchalari saqlangan. Burmachap qabristoni yodgorliklari O’rta Osiyoning antik davriga oid moddiy madaniyatini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.