BURMAKIN VLADIMIR IVANOVICH

BURMAKIN VLADIMIR IVANOVICH (1938.9.1, Toshkent) — rassom, O’zbekiston ba haqiqiy a’zosi (1997), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1981). Respublika rassomlik bilim yurti (1957) va Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti (1965) ni tugatgan. Burmakinning mahobatli, ayniqsa, dastgohli rangtasvir borasidagi izlanishlari, voqeaband tasvirlari, serjilo obrazlari diqqatga sazovor. Ayollar ruhiy holati jonli ifodalangan portretlar («Boysun go’zali», 1968; «Elvira», 1983 va boshqalar), rangdor, bezak mujassamotlar («Intizor ayollar», 1962; «Ota», 1973; «Daraxt haqida qo’shiq» triptixi, 1975; «Kimning oti yaxshiroq?», 1979; «O’zbekistonning hozirgi fan arboblari», 1984 va boshqalar), «Farhod va Shirin» (hamkorlikda) devoriy rasmlari va boshqalarni yaratdi.