BURMALANISH

BURMALANISH — geosinklinal zonalarda yoki ularning ayrim qismlarida qatlamlarning egilishi va darzlik, uzilmalar paydo bo’lishi. Burmalanish geologik davr davomida sodir bo’ladi va qatlam tuzilishidagi nomuvofiqlikka qarab aniklanadi. Masalan, O’rta Osiyodagi Farg’ona, Turkiston, Zarafshon, Olay, Hisor va boshqa tog’ tizmalari Ger. Tsin burmalanish tsiklida paydo bo’lgan. Gersin tsikli o’z navbatida bir necha fazalarga bo’lingan.