BURMALANISH FAZASI

BURMALANISH FAZASI — burmalanish jarayonining rivojlanishidagi ma’lum bir davri. Uzoq vaqt uzluksiz davom etadigan tektonik harakatlar, ayniqsa burmalar hosil bo’lishida nisbatan qisqa davom etgan tezlanish hodisasi. Burmalanish fazasi jinslar yotishida burchak nomuvofiqligi bilan aniqlanadi. Burmalanish fazasi tushunchasi 19-asrning 2-choragida Orbini va eli de Bamon ilmiy asarlarida qo’llanilgan. Burmalanish fazasining aniq tushunchasi nemis olimi Shtille (1913, 1924 va keyingi yillarda) tomonidan berilgan. Uning fikricha, burmalar qisqa faza davomida vujudga keladi. Har qaysi burma alohida burmalanish fazasini anglatadi. Shtille Burmalanish fazasilariga geografik nomlarni bergan (masalan, Ardenna, Takon va boshqalar). Keyinchalik Shtille izohi rus olimlari Nalivkin (1936), Shatskiy (1937), Xain (1950) va boshqa tomonidan tanqid qilindi va unga ko’p tuzatishlar kiritildi. Xain regionlarni tavsiflashda Burmalanish fazasining namoyon bo’lishini stratigrafik intervaliga qarab atashni taklif etdi (masalan, Eyfel oldi Burmalanish fazasi).