BURMALASH

BURMALASH, gofrirlash (Fransuzcha gaufrer — burma shakl berish) — 1) taxta (list) materiallarning biqoligini (mustahkamligini) oshirish maqsadida ularni to’lqinsimon va shakldor qilib yasash. Burmalar yarim doiraviy, trapesiya, uchburchak shaklida hamda murakkabroq shakllarda bo’lishi mumkin. Burmalash presslarda yoki shakddor jo’valar (valiklar)da amalga oshiriladi. Burmalangan materiallar va buyumlar mashinasozlik, qurilish va sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladi, masalan, asbestsementdan shifer tayyorlanadi; samolyotsozlikda burmalangan taxta duralyuminiydan samolyot qanoti tayyorlanadi; burmalangan kartondan mahsulot tashiladigan idishlar yasaladi; shunday karton qurilishda issiqlikni saqlovchi material sifatida ham ishlatiladi; 2) tikuvchilikda kiyimlar (yubkalar, ko’ylaklar) da burmalar (taxlamlar) hosil qilib tikish.