BURNONIT

BURNONIT (frantsuz mineralogi J. L. Burnon nomidan) — murakkab sulfidlar kenja sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi CuPbSbS3. Ba’zantemir(5%gacha) va kumush (3% gacha) qo’shimchalari bo’ladi. Rombik sistemada kristallanadi. Rangi po’latsimon kulrangdan qoragacha. Yo’g’on ustunsimon va g’ildiraksimon qo’shaloqliklar ko’rinishida. Mo’rt. Qattiqligi 3— 3,5. Sof og’irligi 5,7—5,9. So’niqmis rudalari, pirit, xalkopirit, galenit, sfalerit b-n birga mispolimetall, gidrotermal konlarining murakkab tiplarida uchraydi. Burnonit nurashga uchraganda tserussit, malaxit va surma oxralari hosil qiladi. Konlari O’rta Osiyo, Rossiya Federatsiyasi (Zabaykale va boshqalar), Avstraliya, Janubiy Amerika mamlakatlarida bor. O’zbekistonda Qurama (Qo’shbuloq oltin koni), Chatqol tog’larida (Ustarasoy vismut koni) va Janubda (Xondiza polimetall koni) da uchraydi. Burnonitdan qo’rg’oshin va mis olinadi.