BUROV SUYUQLIGI
BUROV SUYUQLIGI (Liquor Burovi) — sirka alyumipatning 8% li eritmasi. Rangsiz, tiniq, chuchmal suyuqlik, bir oz sirka hidi keladi. Tarkibida achchiqtosh (46,5 qism), kaltsiy karbonat (14,5 qism), suyultirilgan sirka kislota (39 qism) bor. Burishtiradi va yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi. Og’izni chayqash uchun ishlatiladi, dokaga shimdirib, lat yegan joyga qo’yiladi.