BURSA
BURSA, Brusa — Turkiyaning shimoli g’arbidagi shahar. Bursa elining ma’muriy markazi. Aholisi 835 mingdan ziyod kishi (1990-y.lar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. Muhim savdo sanoat markazi. To’qimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya, tsement, yog’ochsozlik sanoati rivojlangan. Ipakchilik, ip gazlama, tamaki, yog’moy, ko’n poyabzal, avtomobil korxonalari bor. Bursa miloddan avvalgi 2-asrdan ma’lum. 1326-65 yillarda Usmonli turklar saltanatining poytaxti bo’lgan. Me’moriy yodgorliklaridan ulug’ jome (1396— 1400) masjidi, Murod II masjidi (1424-27), yashil jome (1424) masjidi, shifoxona (1394) va boshqalar saqlangan. Universitet bor.