BURUNDI
BURUNDI, Burundi Respublikasi (Fransuzcha Republique du Burundi) — Markaziy Afrikadagi davlat. Maydoni 27,8 ming kilometr kvadrat. Aholisi 6,4 million kishi (1990-yillarning oxirlari). Poytaxti — Bujumbura shahri. Ma’muriy jihatdan 15 viloyatga bo’linadi. Davlat tuzumi. Burundi — respublika. Davlat boshlig’i — prezident. 1996 yil 25 iyuldagi davlat to’ntarishi natijasida 1992 yilgi Konstitutsiyaning amal qilishi va millat Majlisi hamda partiyalarning faoliyati to’xtatib qo’yilgan. Sentabr oyida Millat Majlisi va partiyalarning faoliyati qayta tiklandi. 1998 yil 18 iyulda millat Majlisi o’rniga o’tish davri millat Majlisi tuzildi. Tabiati. Burundi Sharqiy Afrika tog’ligining shimoli g’arbida joylashgan. Kembriygacha hosil bo’lgan kristall va metamorfik jinslar yer yuzasiga chiqib yotadi. Relefi, asosan, yassitog’lik. Sharqida, Nil va Kongo daryolari havzasi o’rtasida balandligi 2000-2500 metr bo’lgan suvayirg’ich tizma bor. Yassitog’lik Janubi sharqda Malagarasi daryosi vodiysiga tik jarliklar hosil qilib tushgan. Mamlakat markazi va sharqida nikel, kobalt, platina, titan, mis, magniy, vanadiy, qalay konlari mavjud. Iqlimi subekvatorial. O’rtacha oylik temperatua daryo vodiylarida 24°, yassitog’liklarda 18— 20°. Yillik o’rtacha yog’in miqdori 800— 1600 millimetr. Yil davomida 2 sernam (mart — may, oktabr — dekabr) va 2 quruq (iyun — sentabr, yanvar — Fevral) mavsum bo’ladi. Daryolari Nil va Kongo havzalarida bo’lib, gidroenergiyaga boy, lekin ularda kema qatnay olmaydi. Yirik daryolari Ruvuvu, Akanyaru, Malagarasi, Ruzizi. Asosiy tuprog’i unumli qizil tog’ tuprog’idir. Ruzizi daryosining vodiysida tropik qora va sho’rlangan tuproqaar uchraydi. O’simliklari asosan savannalar bo’lib, suvayirg’ich tizmalar tropik o’rmonlar bilan qoplangan. Hayvonot dunyosi qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharotlarga boy. Fil, begemot, buyvol, kiyik va maymunlar uchraydi. Milliy bog’lari — Kivira, Ruzizi, Ruvuvu. Aholisi. Burundining asosiy aholisi xutu, Tutsi va TVA etnoguruhlariga bo’linuvchi rundi va ruandalar; yevropaliklar va osiyoliklar ham yashaydi. Aholining 62% katoliklar, 32% mahalliy an’anaviy dinlarga amal qiladi, 6% musulmonlar. Rasmiy tili kirundi va frantsuz tillari. Aholining 6,3% shaharlarda istiqomat qiladi. Yirik shaharlari: Bujumbura, Gitega, Muramvya. Tarixi. Burundi hududida qadimdan bantu va pigmeylar qabilasi, 15-16-asrlarda efioid toifasiga mansub urushqoq ko’chmanchi chorvador qabilalar yashagan. Manbalarga ko’ra, hozirgi Burundi hududida 1558 yilda dastlabki podsholiklar tashkil topgan. Ntare 1 mayda xonliklarni birlashtirib, kuchli davlatga asos solgan. Viloyatlarni shahzodalar idora qilgan. 19-asr oxirlarida mamlakatga yevropalik missionerlar kirib keldi. 1899 yil Burundi Germaniya Sharqiy Afrikasi tarkibiga qo’shib olindi. 1-jahon urushi vaqtida Burundini Belgiya armiyasi egalladi (1916). Versal sulh shartnomasi, Millatlar Ittifoqi qaroriga muvofiq Burundi Urundi nomi bilan Belgiya ixtiyoriga o’tdi. Davlatni Belgiya rezidenti nazoratida podsho (mvami) boshqardi. Mustamlakachilar aholini kofe, paxta kabi eksport tovarlar yetishtirishga majbur qildi. Burundi aholisi mustamlakachilarga qarshi uzoq vaqt kurash olib bordi. Bu kurash 2-jahon urushidan so’ng Afrikada boshlangan milliy ozodlik harakati ta’sirida avj olib ketdi. 50-yillar oxirida Burundidagi ozodlik harakati tashkiliy tus ola boshladi. Mamlakatda siyosiy tashkilotlar paydo bo’ldi. 1959 yil tuzilgan milliy taraqqiyot va birlik partiyasi Burundiga o’zini o’zi boshqarish huquqi berilishini, keyinchalik mustamlaka tuzumini tugatishni talab qildi. Xalq partiyaga xayrixohlik bildirdi. Belgiya hukmronlari ozodlik kurashini boshqarish maqsadida mahalliy boshqaruv organlari tuzishga rozilik berdi. Ayni vaqgda turli partiya va tashkilotlar o’rtasida o’zaro nizo qo’zg’adi, qabmlalarni bir-biri bilan urishtirib qo’ydi. Biroq mehnatkash omma ozodlik kurashini susaytirmadi. Oxiri mustamlakachilar Burundi mustaqilligini e’tirof etishga majbur bo’ldi. 1962 yil 1 iyulda mustaqil deb e’lon qilindi. 1966 yil noyabrda monarxiya ag’darilib, respublika e’lon qilindi. 1962 yildan BMT a’zosi. 1992 yil 6 yanvarda O’zbekiston Respublikasining suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami -1 iyul — Mustaqillik kuni (1962). Siyosiy partnyalari va kasaba uyushmalarv. Birlik va milliy taraqqiyot partiyasi (UPRONA), 1959 yilda asos solingan; Burundida demokratiya uchun front, 1986 yilda asos solingan. Burundi mehnatkashlari Ittifoqi kasaba uyushmasi, 1967 yilda tuzilgan. Xo’jaligi. Burundi — iqtisodiy jihatdan suet taraqqiy qilgan afar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 13% ni sanoat, 48,5% ni qishloq xo’jaligi beradi. Mehnatga layoqatli aholining 90% qishloq xo’jaligi (asosan dehqonchilik va chorvachilik) da band. Bug’doy, oqjo’xori, makkajo’xori, banan, tariq, maniok, choy ekiladi. Kofe va paxta Burundining asosiy eksport ekinlaridir. Qoramol, echki, qo’y boqiladi. Tanganika ko’lidan baliq ovlanadi. Burundi sanoati endi rivojlanish bosqichiga kirdi. Mamlakatda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan o’rta va kichik sanoat korxonalari bor. Kofe va paxta tozalash, yer yong’oq yog’i ishlab chiqarish, qishloq xo’jalik uskunalari, sovun, lakbo’yoq zavodlari va poyabzal, mebel fabrikalari bor. Burundida temir yo’l yo’q. Ichki va tashqi yuklar avtomobil yo’llari (uzunligi 6,3 ming kilometr) hamda suv va havo yo’llari orqali tashiladi. Tanganika ko’lida kemalar qatnaydi (asosiy porti Bujumbura). Chetga kofe, paxta, ko’nteri mahsuloti, qoramol, qalay kontsentrati chiqaradi va chetdan to’qimachilik, oziq-ovqat, neft mahsulotlari, transport vositalari keltiradi. Belgiya, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi — Burundi franki. Tibbiy xizmati, xalq maorifi, madaniy-ma’rnfiy va ilmiy muassasalari. Burundida 4,5 mingdan ortiq o’rinli 30 ga yaqin kasalxona va 120 dan ziyod tibbiy markaz bor. 1962 yilgacha aholining 98% savodsiz bo’lgan. 1967 yildan davlat maktablarida o’qish bepul. Burundida 6 yillik boshlangich maktablar, 6—7 yillik o’rta maktablar bor. Maktab o’qituvchilari bujum buradagi universitet va oliy pedagogika maktabida tayyorlanadi. Burundida qishloq xo’jalik instituti (1958 yil tashkil etilgan) ham bor. Ilmiy muassasalari: Qishloq xo’jalik tadqiqotlari instituti, Gidrometeorologiya milliy markazi, tibbiyot bo’yicha tadqiqot laboratoriyasi. Bujumburada universitet kutubxonasi va ommaviy kutubxona, Gitega shahrida Milliy muzey ishlaydi. 1969 yil Bujumburada Burundi madaniy markazi ochilgan. Matbuoti, Radnoeshitgirishi va teleko’rsatuvi. Burundidagi asosiy gazeta va jurnallar: «Renuvo dyu Burundi» («Burundi tiklanishi», frantsuz tilida chiqadigan kundalik hukumat gazeta, 1978 yildan), «Ubumve» («birlik», kirundi tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1971 yildan), «Byulleten ekonomik e Finanse» («Iqtisodiy va moliyaviy byulleten», frantsuz tilida oyiga 2 marta chiqadi), «Gid» («Yo’lnoma», frantsuz va Kirundi tilida chiqadigan oylik axborot byulleteni, 1970 yildan) «Kyultyur e Sosete» («Madaniyat va jamiyat», har chorakda frantsuz tilida chiqadigan jurnal, 1978 yildan). Burundi matbuot agentligi — BAP 1976 yilda tuzilgan. Burundi milliy radioeshittirishi va teleko’rsatuvi 1960 yilda tashkil etilgan. Me’morligi va tasviriy san’ati. Xalqning turar joylari aksariyati xodachalardan sinch qadalib, orasiga shoxshabba, qamish va xashak o’rab yasalgan yumaloq kulbalardan iborat, tomi ham xashak bilan yopiladi. Kulba ichi qamish bordon bilan bo’linadi. Qishloq qo’rg’onlari tepaliklar va qir yon bag’irlariga tarqoq holda joylashgan. 50 yillardan to’g’ri burchakli, peshayvon va derazali turar joylar paydo bo’ldi. Tomini qo’sh nishabli qilib yopish odat tusiga kirdi. Bujumbura shahrida zamonaviy yevropacha binolar qurila boshladi. Badiiy hunarmandchilikda bo’yra, savat, idish, qopqoq kabi turli hajm va shakldagi narsalar to’qish rivojlangan. Buyumlar har xil naqshlar bilan bezatiladi. Yog’ochdan odamlar va hayvonlarning haykallarini, qalqon va o’qdonlarni, g’iloflarni yasaydilar. Musiqasi. Burundi an’anaviy musiqiy madaniyati qo’shiqjanrlari, cholg’u asboblari ijro uslubi xilmaxilligi bilan ajralib turadi. Turli rasm-rusumlar, dafn marosimi va farzand tug’ilishiga bag’ishlangan o’ziga xos musiqalar mavjud. Mamlakat mustaqillikka erishgach, san’at an’analari muntazam ravishda o’rganila boshladi, bir necha ashula va raqs ansambllari tuzildi.