BUSSENGO
BUSSENGO (Boussingault) Jan Batist (1802.2.2 Parij 1887.11.5) frantsuz kimyogari, agrokimyo asoschsharidan biri. Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1839). Ilmiy ishlari o’simliklar fiziologiyasi va agrokimyo masalalariga bag’ishlangan. U o’simliklarning ildizdan oziqlanishi, o’g’itlarni qo’llash, tabiatda moddalarning doiraviy aylanishi, azot almashinuvi, tuprokda azotning harakati, dukkaklilardan boshqa jami o’simliklar azotni tuprokdan o’zlashtirishi va boshqa masalalarini ishlab chiqdi, yashil o’simliklar uchun havodagi SO2 uglerod manbai ekanligini anikladi. Fiziologiya va agronomiyada vegetasion usul asoschisi.