BUXGALTERIYA

BUXGALTERIYA (nemischa Buchhalter) 1) buxgalteriya hisobini yuritish; 2) korxona, muassasalarning moliyaviy ishlarini qayd etib borish, nazorat qilish, jumladan xodimlarga ish haqi yozish, buxgalteriya hisoboti va boshqa hisobotlar tuzish bilan shug’ullanuvchi maxsus bo’limi. Odatda Buxgalteriyani bosh hisobchi (buxgalter) boshqaradi.