BUXGALTERIYA BALANSI MODDALARINI BAHOLASH
BUXGALTERIYA BALANSI MODDALARINI BAHOLASH – balansda aks ettiriladigan xo‘jalik mablag‘lari va ularning vujudga kelish manbalari alohida turlarining puldagi ifodasi. Balans moddalarini baholash prinsipi barcha korxonalr uchun bir xil. Baholash asosida ishlab chiqarish vositalarini sotib olish yoki mahsulot ishlab chiqarishning . haqiqiy tannarxi yotadi. Buxgalteriya balansi moddalarining bahosi real bo’lishi, ya’ni mablag’lar va ularning vujudga kelish manbalari turlarining haqiqiy kattaligini aks ettirish kerak. Aktiv va passiv moddalarini baholashning haqiqiyligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlari ishonchliligi bilan ta’minlanadi.