BUXGALTERIYA HISOBOTI FOYDALANUVCHISI

BUXGALTERIYA HISOBOTI FOYDALANUVCHISI – xo’jalik subyekti haqida ma’lumotga ega bo’lishga manfaatdor bo’lgan yuridik yoki jismoniy shaxs. Buxgalteriya hisobotining ichki foydalanuvchilari iqtisodiy subyekt rahbarlari, tasischilari, mulk egalari va qatnashchilarini o‘z ichiga oladi. Buxgalteriya hisobotining tashqi foydalanuvchilari iqtisodiy subyektning investorlari, kreditorlari hamda manfaatdor bo’lgan davlat organlarini o’z ichiga oladi.