BUXOROMAN

BUXOROMAN — Kolumbiya shimoli sharqidagi shahar. Santander departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 350 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l orqali Magdalena daryo vodiysiga chiqiladi. Paxta, pilla, kofe, tamaki, shakarqamish yetishtiriladigan rayon markazi. Tamaki, to’qimachilik, oziqovqat, tsement korxonalari, unt bor. Buxoromanga 1623 yilda asos solingan.