BUYRUQ

BUYRUQ — 1) yakka hokimlikka asoslangan huquqiy hujjat. Muayyan muassasa yoki boshqa tur tashkilot oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo’llaniladi. Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida Buyruqdan maqsad, shartsharoitlar, sabablar ko’rsatiladi, asos qilib olinayotgan Buyruq havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi yoziladi). Ba’zi Buyruqni asoslashga hojat bo’lmasligi mumkin, bunday hollarda ular to’g’ridan-to’g’ri farmoyish qismi bilan ham berilaveradi; 2) Qurolli Kuchlarda boshliqning o’z qo’l ostidagilarga yozma yoki og’zaki ravishda bergan farmoyishi; bu farmoyish bo’ysunuvchilar uchun qonun hisoblanadi.