BUZIN YEVGENIY IVANOVICH

BUZIN YEVGENIY IVANOVICH (1916.24.2, Orenburg viloyati, Rossiya — 1969, Toshkent) — mexanika sohasidagi olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1962), texnika fanlari doktori (1957). O’rta Osiyo davlat universitetini bitirgan (1939). O’rta Osiyo industrial institutida (1939-40), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi matematika va mexanika institutida (1950-55), Toshkent temir yo’l muhandislari institutida, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida (1959-69) ishlagan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi texnika va geologiya kimyo fanlari bo’limida ilmiy kotib (1948— 50). Ilmiy ishlari deformatsiyalanuvchan qattiq jismlar, suyuqlik va gaz mexanikasi nazariyalariga doir.