BYUDJET TIZIMI
BYUDJET TIZIMI — davlat, ma’muriy hudud, ba’zi (mustaqil byudjetli) muassasalar byudjetlarining iqtisodiy munosabatlar va huquqiy me’yorlarga asoslangan majmui. O’zbekistonda Byudjet tizimi davlat byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, mahalliy (viloyat, shahar, tuman va boshqalar) byudjetlardan tarkib topadi. Shuningdek davlat ijtimoiy sug’urta byudjeti xam davlat byudjeti tarkibiga kiradi. O’zbekiston Respublikasida Byudjet tizimi masalalari «Byudjet tizimi to’g’risida» qonun (2000 yil, 14 dekabr) bilan tartibga solinadi. Davlat byudjeti parlament tomonidan (O’zbekistonda Oliy Majlis), viloyat, shahar, tuman va boshqalarda tegishli xalq deputatlari kengashi sessiyasida tasdiqlanadi.