BYURO
BYURO (Fransuzcha bureau) — 1) biror tashkilot, jamiyat, muassasada muayyan ishni, asosan, rahbarlik ishini olib borish maqsadida saylanadigan yoki ta’sis etiladigan kollegial organ; 2) ayrim idora va muassasalar nomi (masalan, ma’lumotnomalar Byurosi); 3) maxsus tokchalari, qutilari va boshqa bo’lmachalari hamda qopqog’i bo’lgan yozuv stoli.