Byurokratiya

Byurokratiya (fransuzcha bureau-byuro, idora, yunoncha kratos-kuch, hokimiyat, hukmronlik)-dastlab hukumat idoralarining rahbarlari va amaldorlari hokimiyati; keyinchalik jamiyatning turli sohalarida paydo bo’lgan yirik tashkilotlardagi xizmatchilar qatlamini ifodalagan. Boshqaruv va ma’muriyatning zarur qismi sifatida Byurokratiya alohida ijtimoiy qatlamga aylanib boradi. Byurokratiyaga xos xususiyatlar: quyi mansabdorlarning yuqori mansabdorlarga bosqichma-bosqich bo’ysunishi, qattiq ish tartiboti, maxsus ma’lumotni taqozo etuvchi rasmiylashgan vazifalarni amalga oshirishda mehnat va mas’uliyat taqsimoti. Tashkilot ko’pchilik a’zolarining mustaqil ravishda imtiyozli qatlamga aylanishga intilishi oqibatida, rasmiyatchilik, o’zboshimchalik, avtoritarizm va sharoitga moslashish kuchaya boradi.