Byust

Byust (lotincha bustum-kuydirish joyi, fransuzcha buste-maqbaradagi haykal)-odamning ko’krakdan yuqori-bosh qismi tasvirlangan haykal, mukammal haykaltaroshlik asari. Dastlab Misr va Yunonistonda paydo bo’lgan, so’ng Qadimgi Rimda portret san’ati sifatida shakllangan (mujassamotiga taglik ham qo’shilgan). Uyg’onish davri san’atida keng tarqalgan. O’zbekiston hududida milodiy I asrdan boshlab Byust haykallar yaratilgan, Masalan, Ayritomdan topilgan musiqachilar (II asr), Qo’yqirilganqal’adan topilgan ostadon qopqog’iga ishlangan erkak boshi (II-III asrlar). Samarqanddan topilgan ostadonning haykal qismi (VI-VII asrlar).