ENDOGEN
ENDOGEN — ichki sabablar natijasida vujudga, kelgan ta‘sirlar.
ENDOGEN — ichki sabablar natijasida vujudga, kelgan ta‘sirlar.
EMPIRIK TADQIQOT (yun. tajriba) — mavjud hodisalar, holatlar, hulq-atvor, faoliyat natijalarini to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita qayd etish yo’li bilan ijtimoiy faktlarni umumlashtirish va aniqlash. Nazariy tadqiqotdan farq qiladi.
EMPIRIK SIYOSIY ONG — bu bevosita amaliyotga, siyosiy jarayonda alohida kishilarning mayda va yirik sotsial birliklarning jonli ishtirok etishlariga asoslangan siyosiy ong darajasi va shaklidir. U nazariy siyosiy ongning zamini … Read More
EMPIRIK FANLAR — qonunlar xaqidagi fanlarning bir turi bo’lib, ular xususiy holatlarni o’rganish asosida ular o’rtasidagi umumiy bog’liqliklarni aniqlaydi (fizika, ximiya, biologiya kabi).
EMPATIYA — hamdardlik, boshqa shaxsga tuyg’ularini izhor etish.
EMISSAR (lot. vakil) — bir davlat tomonidan boshqa bir davlatga muayyan (odatda, maxfiy) topshiriq bilan yuboriladigan shaxs, agent. Emissar missiyasi, odatda, rasmiy xarakterga ega bo’lmaydi.
EMIGRANT (lot. emigrare – chiqish) – o’z davlati fuqoroligini tark etgan yoki boshqa bir davlatga butunlay yashash uchun ko’chib ketgan shaxs.
ELITOLOGIYA — elitalar haqidagi fan.
ELITOKRATIYA (fr. elite – saralangan) — elita hokimiyati. Bu turga mansublar jamiyatning eng yaxshi, boy, o’qimishli qatlamlari hisoblanadi. Hukmron elitalar siyosiy, iqtisodiy, harbiy va kabi turlarga ajratiladi.
ELITARIZM — u yoki bu irqiy, etnik guruhning, xalqning dunyoda boshqalar ustidan afzalligi, uning o’ziga xos tarixiy vazifalarini ko’rsatib beruvchi g’oya. U fashizmning siyosiy mafkura sifatidagi nazariy negizini tashkil etadi.