Yonbargchalar
Yonbargchalar – barg bandining asosidagi kichik bargchalar.
Yonbargchalar – barg bandining asosidagi kichik bargchalar.
Yon chiziqlar – to’garakog’izlilar, baliqlar, ba’zi suvda уа quruqda yashovchilarning sezgi a’zolari tizimi.
Yomg’ir chuvalchanglari – kamqilli chuvalchanglar sinfi bir necha oilasining umumiy nomi. Asosan tuproqda yashovchi turlari ko’p tarqalgan. Tuproq hosil qilish jarayonlarida katta ahamiyatga ega.
Yol – bir qator hayvonlar (ot, sher) ning boshi уа bo’ynidagi qalin uzun soch.
Yirtqichlik, qonxo’rlik – biron-bir yirtqich hауvоn tomonidan boshqasi (o’lja)ning tutib, yeyilishi. Yirtqichlik populatsiya miqdorini boshqarib turishda muhim ahamiyatga ega.
Yillik halqalar – 1) o’simlik tanasida vegetatsion davrda hosil bo’ladigan halqa; 2) ba’zi hayvonlarning ayrim to’qimalari (baliq tangachasi, molluskalar chig’anog’i)da hosil bo’lib, uzoq saqlanadigan tuzilma. Yillik halqalarni sanab, organism yoshini … Read More
Yexidnasimonlar – kloakalilar turkumiga mansub sut emizuvchilar. 5 turi ma’lum. Avstraliyada yashovchi yexidnaning uzunligi 50 sm cha. Yilda 1-2 tuxumini qorindagi xaltasiga qo’yadi. Tuxumdan chiqqan bolasi emib oziqlanadi.
Yexidnalar – aspidlar oilasiga mаnsub zaharli ilonlar. Uzunligi 2 m cha. Avstraliyada tarqalgan. Suvga yaqin joylarda hayot kechiradi.
Yevstaxiyev nayi, eshitish nayi – umurtqali hayvonlarda halqumni o’rta quloq bo’shlig’i bilan birlashtiruvchi nay. Nog’ora pardaning har ikkala tomonidagi bosim muvozanatini boshqaradi.
Yevgenika – odamning irsiy sog’ligi уа uni yaxshilash yo’llari haqidagi fаn. Odam evolutsiyasini o’rganish уа insoniyatni irsiy kasalliklardan himoya qilish, kishilik jamiyatini sog’lomlashtirish masalalari bilan shug’ullanadi.