Ari asali
Ari asali – shirin sharbatsimon modda. O’simliklar gul shirasining ishchi asalari organizmida qayta ishlanishidan hosil bo’ladi. Tarkibida 13-20% suv, 80% dan ko’proq uglevodlar (fruktoza, glukoza, saxaroza), 0,4% oqsil уа 0,3% … Read More

Arg’uvon – dukkaklilar oilasiga mansub o’simliklar turkumi.
Arenaviruslar – lipoprotein qobig’ida qumsimon granulalari bo’lgan ribonuklein kislotali viruslar. Umurtqali hayvonlarning hujayra sitoplazmasida ko’payadi. Bevosita tarqaladi.
Areal, maydon, hudud – o’simlik уа hayvonlarning ma’lum turi, turkumi yoki oilasi tarqalgan geografik hudud, maydon,
Arboviruslar – bo’g’imoyoqli hasharotlarda uchraydigan viruslar; kanalar, chivinlar tarqatadi. Umurtqali hayvonlar уа odamda ba’zi kasalliklаr (ensefalit)ni qo’zg’atadi.
Arborisidlar – xo’jalik uchun keraksiz buta уа daraxtlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar.
Aralash o’t – ma’lum maydondagi xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan o’simliklar to’plami.
Apteriya – uchuvchi qushlarning pat bilan qoplanmagan teri qismi.
Appendiks – ko’richakning chuvalchangsimon o’simtasi.
Apoplast – o’simlik to’qimalaridagi егkin bo’shliqlar to’plami bo’lib, hujayra devori, hujayralararo bo’shliqlardan tashkil topgan. Moddalar erkin diffuziyasini ta’minlaydi.