Batraxologiya
Batraxologiya – zoologiyaning suvda va quruqda yashovchi hayvonlarni o’rganuvchi sohasining eski nomi. Hozir gerpetologiya bilan qo’shilib ketgan.
Batraxologiya – zoologiyaning suvda va quruqda yashovchi hayvonlarni o’rganuvchi sohasining eski nomi. Hozir gerpetologiya bilan qo’shilib ketgan.
Batsilla – spora hosil qilib ko’payadigan tayoqchasimon bakteriyalаr. Tabiatda keng tarqalgan. Patogen batsillalar odam va hayvonlarda kasallik qo’zg’atadi. Masalan, qoqshol, kuydirgi.
Baroxoriya – meva va urug’larning bevosita o’z og’irligi ta’sirida to’kilishi, tarqalishi.
Baroretseptorlar – sezgi asablarining bosim o’zgarishini qabul qiluvchi uchlari (ichak va qon tomirlarida).
Bargxo’rlar, barg kemiruvchilar – qo’ng’izlar oilasi. Keng tarqalgan. Qo’ng’izi va qurti barg bilan oziqlanib madaniy o’simliklarga zarar keltiradi.
Barg yostiqchasi – bargning novda yoki shoxcha bilan birlashadigan yeridagi bo’rtma.
Barg yaprog’i, barg shapalog’i – bargning kengaygan qismi.
Barg to’kilishi – turli xil tashqi noqulay sharoitlar ta’sirida yoki sun’iy уо’l bilan o’simliklar bargaining to’kilishi.
Barg qo’ltig’i – yaproq bilan роуа oralig’i.
Barg bandi – barg yaprog’ini роуа bilan birlashtiruvchi qismi.