Bakteriologiya
Bakteriologiya – mikrobiologiyaning bakteriyalar morfologiyasi, sistematikasi, fiziologiyasi va amaliy ahamiyatini o’rganuvchi sohasi.
Bakteriologiya – mikrobiologiyaning bakteriyalar morfologiyasi, sistematikasi, fiziologiyasi va amaliy ahamiyatini o’rganuvchi sohasi.
Bakteriotsidlik – turli omillarning (fizik, kimyoviy, biologik) bakteriyalarni o’ldirish xususiyati. Masalan, fitonsidlar va boshqalar.
Bakteriolizinlar – bakteriya qobig’iga ta’sir ko’rsatib, uni parchalaydigan immun modda.
Bakteriofag – bakteriya viruslari; bakteriya hujayrasiga ta’sir etib, uni eritib yuboradigan ultramikroskopik tuzilma. Yuqumli kasalliklarning oldini olishda va davolashda foydalaniladi.
Bakteriodlar – ko’rinishi o’zgargan bakteriyalar. Dukkakli o’simliklarning ildiz tuganaklarida ko’payib, ular bilan simbiotik assotsiatsiyaga kiradi va havodagi molekular azotni o’zlashtirishda ishtirok etadi. Erkin yashovchi tuganak bakteriyalardan hajmining kattaligi (10-12 marta) … Read More
Bakterial o’g’itlar – tarkibida qishloq xo’jalik ekinlari uchun foydaIi bo’lgan tuproq mikroorganizmlari bог preparatlar; masalan, nitragin, azotobakterin.
Bahori, lalmi – quгg’oqchilik zonalarda sug’ormasdan, atmosfera yog’ini hisobiga ekin yetishtiriladigan yerlar.
Bahor kapalaklari – hasharotlar tuгkumi. Oqar suvlarda yashaydi, kamharakat, ba’zilari uchish xususiyatini yo’qotgan.