ANDAZA

ANDAZA (forscha — o’lchov, qolip) — namuna, nusxa. Qog’oz, karton va hokazolardan maxsus tayyorlanadi. Matodan kiyim, charmdan poyabzal bichish kabi ishlarda shakl ko’chirish uchun ishlatiladi. Andazaning turlari ko’p. Chunonchi: a) … Read More

ANDAVA

ANDAVA (fors-tojikcha andova, ando — somonli loy suvash) — suvoq ishlarida suvalayotgan sathni tekislash, silliqlash, rax chiqarish uchun ishlatiladigan quruvchilik asbobi. Asosan temirdan (ba’zan, taxtadan) uzunligi 30 — 40 santimetr, … Read More

ANDA

ANDA — qadimgi turk-mo’g’ul xalqlarida tutingan aka-uka. Anda bo’lishlikni istagan shaxslar qon chiqarib uni bir-birlariga surtganlar va umrbod aka-uka tutinganlar. Masalan, Chingizxon jajirat qabilasi rahbari Jamuxa bilan Anda tutingan.

AND TOG’LARI

AND TOG’LARI (Ink xalqlari tilida anta — mis konli tog’lar) — dunyodagi eng uzun (qariyb 9000 kilometr) va eng baland (6960 metr) tog’ tarmoqlaridan biri. Eni 800 kilometrgacha. And tog’lari … Read More

ANGUSHT

ANGUSHT (fors-tojikcha —barmoq) — qadimgi uzunlik o’lchov birligi; O’rta Osiyo xalqlari orasida qo’llanilgan; aynan barmoqning o’zi.

ANGSTREM

ANGSTREM (Ongstryom) (Angstrom) — shved olimlari, ota, o’g’il va nevara; 1) Andree Yonas (1814 — 74) fizik va astronom, spektral tahlil asoschilaridan biri; 2) Knut Yuxan (1857 — 1910), geofizik, … Read More

ANGREN QURILISH MATERIALLARI KOMBINATI

ANGREN QURILISH MATERIALLARI KOMBINATI — turli qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona. «O’zqurilishmateriallari» aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. 1947 yilda ishga tushirilgan. Angren qurilish materiallari kombinati kaolin, tsement, maydalangan glej va kul-shlak … Read More

ANGREN OLTIN BOYITISH FABRIKASI

ANGREN OLTIN BOYITISH FABRIKASI — oltin rudasini boyituvchi fabrika, «O’zbekolmosoltin» uyushmasi tarkibiga kiradi, Toshkent viloyati Angren shahridan 6 kilometr uzoqliqda, shaharning g’arbida joylashgan. 1971-73 yillarda qurilgan. Fabrikada Ko’chbuloq, Qizilolmalisoy va … Read More