ALFA-TERAPIYA

ALFA-TERAPIYA — alfa zarralar (radonli vannalar, radioaktiv boylamlar va boshqalar) ta’sirida davolash; nur bilan davolashning bir turi. Alfa-terapiya nerv sistemasi, endokrin bezlar, yurak-tomir faoliyatini yaxshilaydi. Ko’pgina kurortlarda Alfa-terapiya qo’llaniladi.

ALFA-SPEKTROMETRLAR

ALFA-SPEKTROMETRLAR – radioaktiv yadrolar chiqarayotgan alfa (a)-zarralar energiyasini o’lchaydigan asbob. Ishlash tarzi a-zarralarning magnitik tahliliga (magnit Alfa-spektrometrlar) yoki ularning ionlovchi ta’sirlarini tadqiq qilishga (ionlash kamerasi) asoslangan. a-zarralarning energetik spektri (nafis … Read More

ALFA (A)-ZARRALAR

ALFA (A)-ZARRALAR – ba’zi bir radioaktiv elementlar chiqaradigan geliy atomlarining yadrolari. Geliy atomining yadrosi ikkita proton va ikkita neytrondan iborat. Bu zarralar radioaktiv elementlar yemirilganida ajralib chiqadi, ayni vaqtda energiya … Read More

ALFA

ALFA (Yunoncha alpha) — 1) yunon alifbosi birinchi harfi [A, a] ning nomi; 2) moddaning muayyan holatini bildiruvchi so’z bo’lagi (masalan, alfa-temir); 3) so’zning alfa-zarrachalarga aloqadorligini biddiradigan qo’shimchasi (masalan, alfa-yemirilish). … Read More

ALTRUIZM

ALTRUIZM (Fransuzcha altruisme, lotincha alter — boshqadan) — axloqiy tushuncha, uning negizida boshqa kishilarga xolis xizmat qilish, ularning baxt-saodati uchun o’z shaxsiy manfaatlarini qurbon qilish yotadi. Altruizm terminini falsafaga egoizm … Read More

ALTIMETR

ALTIMETR (lotincha altus — baland va Yunoncha metreo — o’lchayman) — samolyot yoki boshqa uchish apparatlarining yerdan balandligini o’lchaydigan asbob.

ALTERNATIVA

ALTERNATIVA (Fransuzcha alternative; lotincha alter — ikkitadan biri) — 1) mumkin bo’lgan ikki yoki bir necha qaror, tutilgan yo’l, kerakli variantlar va boshqalardan birini tanlash zarurati. 2) mantiqda — ikki … Read More

ALTERNARIOZLAR

ALTERNARIOZLAR – o’simliklarning zamburug’li kasalliklari. Ekinlarda Alternariozlarni Alternaria turkumiga mansub zamburug’lar qo’zg’atadi. Kasallangan o’simlik to’qimalari ustida saprofit zamburug’ — alternariya to’q jigarrang duxobasimon dog’-g’ubor hosil qilib rivojlanadi. Dog’lar doirasida to’qimalar … Read More

ALTERATSIYA

ALTERATSIYA (lotincha alteratio — o’zgartirish) — 1) musiqada asosiy tovushqator pog’onalarini (nomini saqlagan holda) o’zgartirish; uning balandligini chorak, yarim yoki butun tonga balandlatish yoki pastlatish. 2) garmoniyada Alteratsiya tovushqatordagi noturg’un … Read More