ASR

ASR (Arabcha — davr, vaqt) — 1) yuz taqvim yili (kalendar yil)ga teng vaqt oralig’i; masalan, 20-asr 1901 yil 1 yanvardan 2000 yil 31 dekabrgacha davrni o’z ichiga oladi; yuz … Read More

ASPIRATSION JIHOZLAR

ASPIRATSION JIHOZLAR – havo yoki gaz tarkibini va havodagi changni tekshirish uchun namunalar oladigan mexanik qurilmalar. Sanoat korxonalari, laboratoriya va ustaxonalarning chang, zaharli aralashma va gazlar ajraladigan tsexlari va xonalaridagi … Read More

ASPIRANTURA

ASPIRANTURA — uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar (fan nomzodlari) tayyorlash shakli. O’zbekistonda Aspirantura 1930-yillarda tashkil etilgan. Aspirantura O’zbekiston Respublikasi fan va texnika davlat komiteti … Read More

ASPIRANT

ASPIRANT (lotincha aspirans — biror narsaga intiluvchi) —ilmiy yoki ilmiy-pedagogik ishga layoqati bo’lgan hamda ilmiy tadqiqot instituti yoki oliy o’quv yurti aspiranturasisa nomzodlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan … Read More

ASPIDLAR

ASPIDLAR (Elapidae) — ilonlar oilasi, 41 — 43 urug’ga bo’lingan 181 turi bor, barchasi zaharli. Ustki jag’ida zahar oqib tushadigan egatchali bir juft tishi bor. Zahari kuchli, nervni falajlovchi ta’sir … Read More

ASPIDISTRA

ASPIDISTRA (Aspidistra) — marvaridguldoshlar oilasi (convallariaceae) ga mansub ko’p yillik o’tlar turkumi. Himolay tog’lari va uning Sharqiy tomonlarida tarqalgan. 7 turi bor. Aspidistra poyasi ostidan bo’g’izbarglar hosil qiladi. Gullari mayda. … Read More

ASPERGILLYOZ

ASPERGILLYOZ (Aspergillosis) — odam va hayvonlarda parazit zamburug’i (aspergillar) qo’zg’atadigan kasallik. Aspergillyozda qaysi a’zo zararlanganligiga qarab kasallik belgilari turlicha namoyon bo’ladi. Masalan, teri Aspergillyozida asosan teri zararlanadi, unda tuguncha, yara … Read More

ASPERGILLAR

ASPERGILLAR (Aspergillus) — askomisetsimonlar sinfining mog’or zamburug’lar turkumi. Konidiyalar, ya’ni jinssiz yo’l bilan hosil bo’ladigan sporalar yordamida ko’payadi. Sporalari turli xilda va odatda mayin tukchalar bilan qoplangan bo’ladi. Tuproq, devorlar, … Read More

ASPARUX

ASPARUX (Isperix, Ispor, Aspirek) (? — 701) — qadimgi turkiyzabon bulg’orlar xoni (643 — 701), ilk slavyan-bolgar davlati (681 — 1018) asoschisi. Asparux bulg’or qabilalari Ittifoqi yo’lboshchisi Kubratxon (Qorotxon) ning … Read More