ARG’UNSHOH AXTACHI BURDALIG’IY

ARG’UNSHOH AXTACHI BURDALIG’IY (14-asr 2-yarmi — 15-asr boshi) — Amir Temur lashkarboshilaridan. Amir Temurning Amir Husayn bilan qilgan janglarida faol qatnashgan, Movarounnahrni dushmanlardan tozalashda jasorat va shijoat ko’rsatgan. Amir Temurning … Read More

ARG’UN IBN ABAQAXON

ARG’UN IBN ABAQAXON (1250/1255 -1291) — elxoniylardan bo’lgan Eron hukmdori (elxoni) (1284 — 91). Arg’un xristianlik va ayniqsa buddizmga xayrixoh bo’lgan. Yevropa davlatlari hukmdorlari (Frantsiya va Angliya qirollari, shuningdek Rim … Read More

ARG’UMOQ

ARG’UMOQ — zotli chopqir otlarga Sharq xalqlari bergan umumiy nom. Bu nom bilan ataluvchi otlar ko’proq Arabi ot, Axaltaka, yovmut, qorabayir ot zotlariga mansub. Xalq og’zaki ijodida Arg’umoqlar bedov, tulpor … Read More

ARG’UVON

ARG’UVON (Cercis) — burchoqsoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi. Yevropa va Osiyoda S. siliquastrum turi tarqalgan. Bu tur yovvoyi holda O’rta dengiz atrofida ham uchraydi. O’rta Osiyo, Qrim va Kavkazda xushmanzara … Read More

ARG’IN

ARG’IN — 1) O’rta juz, qisman kichik juz tarkibiga kirgan qozoqlarning ko’p sonli qabilasi. 19-asr oxirida Arg’inlar 500 ming kishi bo’lgan. Arg’in 15-asrda qozoq elatining shakllanishida ishtirok etgan asosiy bo’g’imlar … Read More

ARG’IMCHOQ

ARG’IMCHOQ — o’yin-ermakka uchiladigan tebranma moslama. Odatda Arg’imchoq daraxtning katta butog’iga yoxud imorat xarisiga osilib, ikki uchiga taxta (o’rindiq) bog’langan arqondan iborat. Sanoatda ishlab chiqariladigan Arg’imchoqlar birmuncha murakkab: ularning o’rindig’i, … Read More

ARG’ANUN

ARG’ANUN, arg’an (Arabcha, Yunoncha Organon) — maxsus meshlardan yo’naltiriladigan havo yordamida tovushlar yuzaga keladigan yirik musiqa cholg’u asbobi. Arg’anun Yevropa va Sharq xalqlari musiqa amaliyotida qadimdan (miloddan avvalgi 4-asr) mashhur … Read More

ARG’AY O’T

ARG’AY O’T (mo’g’ulcha arg’a — aldash, turkcha — o’t, olov) — turk-mo’g’ul qabilalari harbiy san’atida qo’llanilgan usullardan birining nomi. Dushmanni chalg’itish maqsadida qo’shin miqdorini bo’rttirib, ko’paytirib ko’rsatish uchun odatda oz … Read More

ARG’ADAL

ARG’ADAL (turkiycha) — qadimgi turkiy xalqlarda, keyinchalik Amir Temur va Temuriylar davrida dushmanga qo’qqisdan zarba berish maqsadida askarlar berkinadigan pana joy, pistirma.

ARQUL

ARQUL — arablarda puflab chalinadigan (qo’shnaysimon) cholg’u. Arqulning qo’shnaydan farqi shuki, undagi nayning biri o’zgarmaydigan (Burdon) tovush berib, kuy hosil etadigan ikkinchi nayga hamohang bo’ladi.