Arralash

Arralash – arra bilan magistrallarni dumaloq assortimentga (xodalar, g’o’lalar), xodalarni yog’och-taxtalarga yog’och-taxtalarni tayyorlamalarga ketma-ket kesish jarayoni. Masalan: qulatish uchun arralash, qiya arralash, radius bo’ylab arralash va hokazolar.

Arra

Arra – yog’och va metall buyumlarni arralash uchun ishlatiladi. Uning tuzilishi juda oddiy – o’tkir tishli pichoq va tutqich. Masalan: dastakli arra, dastarra, chilangarlik arrasi, duradgor arrasi va hokazolar.

Arra

Arra – chetlari bo’ylab uchli tishlari bo’lgan, po’lat plastinka yoki disk shaklidagi qattiq jismlarni (yog’och, metall) bo’laklarga bo’lish ucchun mo’ljallangan asbob. Masalan: benzinli motorda ishlaydigan zanjirli arra, doirasimon arra, beton … Read More