Ariq (zovur)
Ariq (zovur) – 1) sun’iy suv yo’li, kichik oqar suv o’zani. 2) naqsh va bezakda o’ymakor yo’l, chiziq.
Ariq (zovur) – 1) sun’iy suv yo’li, kichik oqar suv o’zani. 2) naqsh va bezakda o’ymakor yo’l, chiziq.
Arziqlamba (Arziqlama) – 1) ganch bilan pardozlangan tekis ship. 2) qamish chiy ustidan tortilgan ganch-suvoq.
Arziq (ganch) – mahalliy ganch (alebastr)ning Farg’ona vodiysida keng tarqalgan turi hamda uning nomi.
Arz (kenglik) – kenglik, enlik. Masalan: xona kengligi (arzi), g’isht eni (arzi).
Areometr – suyuqlik zichligini aniqlovchi asbob.
Arg’uvon (Yosumon daraxti) – qizg’ish binafsha rangli mayda gulli buta, o’ymakorlikda ishlatiladi.
Arbitraj ishi – turli darajadagi davlat arbitraji organlari ko’rib chiqib, hal etadigan me’morchilik va shaharozlik haqidagi qonunchilikning buzilishi bilan bog’liq me’morchilik va shaharsozlik faoliyatidagi xo’jalik tortishuv ishi.
Araqi sarrov – xona yuqori qismidagi devorga tutash bo’lgan asosiy sarrovning araqi ko’rinishda ishlanishi.