BIOLOGIK MAHSULDORLIK

BIOLOGIK MAHSULDORLIK — ekosistemalarning o’z tarkibiga kiradigan tirik organizmlar qayta hosil bo’lishining muayyan izchilligini ta’minlash xususiyati. Ma’lum vaqt davomida hosil qilinadigan mahsulot, ya’ni biomassa Bilogik mahsuldorlik birligi hisoblanadi. Bilogik mahsuldorlikning … Read More

BIOLOGIK DRENAJ

BIOLOGIK DRENAJ, tabiiy drenaj —ortiqcha yer osti suvlarini tabiiy o’simlik qoplami—daraxtzorlar, o’rmon mintaqalari, ekinlar yordamida chiqarib tashlash. Biologik drenaj tuproq sharoitini yaxshilashga, zaxini qochirishga xizmat qiladi, yer osti suvlari sathini … Read More

BIOLITLAR

BIOLITLAR (bio… va Yunoncha lithos— tosh)—minerallar va tog’ jinslari; aksari qismi hayvon va o’simliklar qoldiqlari, shuningdek ularning hayot faoliyati mahsuloti (masalan, ko’mir, torf, bo’r, ohaktosh, diotomitlar, spongolitlar) dan iborat.

BIOLABORATORIYA

BIOLABORATORIYA, biologik laboratoriya (qishloq xo’jaligida)-qishloq xo’jalik ekinlarini zararkunanda hasharotlardan, kasallik, begona o’tlardan biologik usulda himoya qilishni amalga oshiradigan va nazorat qilib turadigan muassasa. Viloyat ishlab chiqarish Biolaboratoriyasi va xo’jalik Biolaboratoriyalari … Read More

BIOKOMPYUTER

BIOKOMPYUTER — o’ta tezkor va katta integratsiya koeffitsientiga ega bo’lgan biomikrosxemalar asosida yaratilgan elektron hisoblash mashinasi. Biokompyuter yaratish uchun molekulyar elementlar va molekulalar tizimi (ansambli)ni loyihalash, molekulyar elementlardan eng ko’p … Read More

BIOKO OROLI

BIOKO OROLI (Bioko) (1973 yilgacha Fernandopo, 1979 yilgacha Masiasngemabiyogo)—Atlantika okeanining Gvineya qo’ltig’idagi Orol, Afrika qirgoqlari yaqinida. Ekvatorial Gvineya provintsiyasi. Maydoni 2017 kilometr kvadrat. Aholisi 100 ming kishidan ortiq. Orol vulkan … Read More

BIOKIMYO INSTITUTI

BIOKIMYO INSTITUTI, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi biokimyo instituti — ilmiy tadqiqot muassasasi, 1967 yil O’zbekiston Fanlar Akademiyasi O’lka meditsinasi institutining biokimyo laboratoriya bilan Zoologiya va parazitologiya institutining biokimyo va biofizika bo’limi … Read More

BIOKIMYO

BIOKIMYO, biologik kimyo — tirik organizmlarning kimyoviy tarkibi va ularda sodir bo’ladigan kimyoviy jarayonlar haqidagi fan. Biokimyo rivojlana borib, 3 asosiy tarmoqqa bo’linib ketdi. Statistik Biokimyo (kimyoviy topografiya) organizmlarning kimyoviy … Read More

BIOKATALIZ

BIOKATALIZ — tirik organizmlarda ro’y beradigan kimyoviy reaktsiyalarning fermentlar ta’sirida tezlashuvi. Biokataliz —g’oyat yuksak samarali, maxsus jarayon hisoblanadi. U kimyoviy katalizdan farq qilib, tirik organizmga xos «muloyim» sharoitda (temperatura, bosim, … Read More

BIOIQLIMSHUNOSLIK

BIOIQLIMSHUNOSLIK — iqlimning odam faoliyati va sog’ligiga, hayvonlar va o’simliklar rivojlanishiga ta’sirini o’rganuvchi fan. Bioiqlimshinoslik agroiqlimshunoslik va tibbiyot iqlimshunosligiga bo’linadi. Bioiqlimshinoslikga doir ilmiy tadqiqotlar bir qancha mamlakatlarda, jumladan, O’zbekistonda keng … Read More