BIOLABORATORIYA
BIOLABORATORIYA, biologik laboratoriya (qishloq xo’jaligida)-qishloq xo’jalik ekinlarini zararkunanda hasharotlardan, kasallik, begona o’tlardan biologik usulda himoya qilishni amalga oshiradigan va nazorat qilib turadigan muassasa. Viloyat ishlab chiqarish Biolaboratoriyasi va xo’jalik Biolaboratoriyalari mavjud. O’zbekistonda qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatadigan 700 dan ortiq Biolaboratoriya bor (2000). Bu Biolaboratoriya larda entomofaglar (tangaqanotlilar tuxumining paraziti— trixogramma, g’o’za tunlami qurtining paraziti— brakon, komstok chervesining paraziti— psevdafikus, shumgiya fitofagi — f-tomiza pashshasi va boshqalar) ko’paytiriladi hamda g’o’za va boshqa qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi qo’llaniladi. Sabzavotchilik xo’jaliklaridagi ishlab chiqarish Biolaboratoriyasida issiqxona oqqanotiga qarshi qo’llaniladigan entomopatogen zamburug’—ashersoniya yetishtiriladi. Bundan tashqari Biolaboratoriya o’simliklarni himoya qilishda boshqa biologik vositalardan, masalan, mikrobiologik preparatpar— denrobasillin, entobakterin va boshqalardan ham foydalanadi. O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi O’simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar markazi reepublikadagi Biolaboratoriyaga ilmiy-metodik rahbarlik qiladi.