BARTOK

BARTOK (Bartok) Bela (1881.25.3, Nadsentmiklosh — 1945.26.9, NyuYork) — Venger kompozitori, pianinochi, etnomusiqashunos, pedagog. Bartokning «ko’k Soqol gersogning qasri» (1911) operasi va «yog’och Shahzoda» (1914— 16), «ajoyib mandarin» (1919) baletlari, … Read More

BARTER

BARTER (inglizcha barter — tovar ayirboshlash), muo’vaza — valyutasiz (pul vositalari ishtirokisiz) bevosita tovar ayirboshlash; muayyan tovar (tovarlar) miqdorining qiymati bo’yicha muqobil bo’lgan boshqa tovar miqdoriga almashtirish shartnomasi. Ko’proq rivojlanmagan … Read More

BARTANG

BARTANG — Pomirdagi daryo, tog’li Badaxshon Muxtor viloyatida (bosh qismi Afg’onistonda), Panj daryosining o’ng irmog’i (Amudaryoning yuqori qismi). Bartangning yuqori oqimi — Oqsuv, o’rta qismi — Murg’ob, Sarez ko’lidan sal … Read More

BARSTERLAR

BARSTERLAR — muayyan davr bilan rentgen diapazonida chaqnab turuvchi yulduzlar. Birinchi bor 1975 yilda atmosferadan tashqi astronomiya usullari yordamida topilgan. Barsterlar rentgen manbalari hisoblanadi; ular nurlanishining fotonlari energiya 1 — … Read More

BARSELONA

BARSELONA — Ispaniyaning shimoli-sharqidagi shahar va port, O’rta dengiz bo’yida. Kataloniya Muxtor viloyati va Barselona provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 1,7 million kishi (1991). Barselonaga miloddan avvalgi 3-asrda karfagenlar asos solgan. … Read More

BARRIKADA

BARRIKADA (Fransuzcha), ko’cha band – ko’cha, yo’l, ko’prik va tog’yo’llarida turli narsalardan (xodalar, qum solingan qoplar, toshlar va boshqalar) quriladigan sun’iy mudofaa to’sig’i. Barrikada qadim zamonlardan bosqinchilarga qarshi qo’llanilgani ma’lum. … Read More

BARRETER

BARRETER (inglizcha barretter — o’zgartirmoq) — elektron va ion asboblarida tokni barqarorlashtiradigan moslama. Temir simdan tayyorlanadi va vodorod bilan to’ldirilgan berk shisha ballonga joylashtiriladi. Barreter ishlaganda simi 200 — 600° … Read More

BARRANKILYA

BARRANKILYA — Kolumbiyaning shimoli- g’arbidagi shahar, Atlantiko departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 1,35 million kishi (1985, shahar atrofi bilan). Magdalena daryosi bo’yidagi port, okean kemalari ham kira oladi. Mamlakatning savdo-sanoat markazi. … Read More

BARRA

BARRA — 1) yangi tug’ilgan qo’zichoq; 2) qo’zichoq terisi, Qorako’l. 1 — 3 kunlik Qorako’l qo’zilarning so’yilishidan sifati turlicha bo’lgan terilar olinadi. Teridagi jun qoplami yaltiroq mayinligi bilan birga jingalak … Read More