BARGUZIN SOYLIGI

BARGUZIN SOYLIGI – Baykal bo’yi tog’lari orasidagi soylik. Barguzin daryosining o’rta oqimida. Barguzin va ikat tizmalari orasida (Buryatiya Respublikasi). Uzunligi 200 kilometr, eni 15 — 35 kilometr; tubi dengiz sathidan … Read More

BARGLI SABZAVOTLAR

BARGLI SABZAVOTLAR — mahsuldor organi (bargi) iste’mol etiladigan sabzavot ekinlari. Ularga karam, salat, ukrop, ismaloq, bargli petrushka, Mangold va boshqalar kiradi.

BARGDAN OZIQLANTIRISH

BARGDAN OZIQLANTIRISH – o’simlikni oziqlantirishning bir turi; bunda o’simlikka oziq elementlari mineral o’g’itlar, mikroelementlar, o’sish stimulyatorlari barg va poyasi orqali beriladi. Oziq moddalar ekin maydoniga eritmalar yoki kukun holida purkaladi. … Read More

BARGAK

BARGAK — 1) o’zbek xalq amaliy san’atida uchraydigan barg nusxa naqsh. Ayniqsa, miskarlikda rasm bo’lgan islimiy naqshlar orasida salmoqli o’rin tutadi; 2) Sharq, xususan o’zbek ayollarining peshona va sochiga taqadigan … Read More

BARG O’ROVCHILAR

BARG O’ROVCHILAR (Tortricidae) – mayda yoki o’rtacha kattalikdagi kapalaklar oilasi. Qalin tukli tangachalar bilan qoplangan qanotlari yozilganda 8 — 30 millimetr bo’ladi. Oldingi qanotlari ensiz, cho’ziq. Tabiiy holatda qanotlari taxlanib … Read More

BARG FILCHASI

BARG FILCHASI (Polydrosus Germ.) – qattiqqanotlilar turkumining filchalar (uzuntumshuqlilar) oilasiga mansub hasharot. Qo’ng’izlik davrida turli o’rmon va ba’zi meva daraxtlarining bargi bilan oziqlanadi. O’zbekiston vohalarida 2 turi uchraydi. Bahorda birdaniga … Read More

BARG TO’KILISHI

BARG TO’KILISHI, xazonrezgi – o’simlik barglarining tabiiy holda to’kilish jarayoni. Barg to’kadigan o’simliklar (odatda daraxt va butalar) noqulay mavsum boshlanishi bilan ko’pincha barglarini bir vaqtda, doim yashil o’simliklar asta-sekin to’kadi. … Read More

BARG PARVONASI

BARG PARVONASI (Recurvaria nanella) — kapalaklar turkumi, barg o’rovchilar oilasiga mansub hasharot. Kapalagining qanotlari yozilganda 9 millimetr, qanotlari kambar, oldingi va orqa qanotlarining uchi ostki qismida uzun tuklardan iborat popugi … Read More

BARG OG’IZCHASI

BARG OG’IZCHASI – o’simliklar bargidagi tashqi muhit bilan aloqa bog’laydigan tirqishsimon yoriqcha (bunday yoriqchalar o’simliklarning boshqa yer ustki organlari epidermisida ham mavjud). Barg og’izchasi barg sathining juda oz qismini, hatto … Read More

BARG NEKROZI

BARG NEKROZI (Yunoncha necrosis – o’lik) — barg hujayrasi yoki to’qimasining qurib qolishi. Bargni sovuq yoki oftob urishi, biror sabab bilan jarohatlanishi, kimyoviy moddalar ta’siri, shuningdek bakteriya va zamburug’larning zararlashi … Read More