BANDALIK
BANDALIK — o’lim va dafn marosimi bilan bog’liq tushuncha. Biron kishi vafot etsa, ta’ziyaga keluvchilar marhumning oila a’zolarini yupatish uchun unga «bandalikda» deb murojaat qiladilar. Bu bilan tug’ilish bor ekan, … Read More
BANDAK— 1) loydan yasalgan, lekin hali pishirilmagan xom idishlarni kulollar charxida tekislash va silliqlash uchun ishlatiladigan charm, latta yoki kigiz; 2) paranjining elkadan yon tomoniga osiltirib tiqiladigan ikki yengsimon qismi.
BANDA DENGIZI — tinch okeandagi orollar oralig’idagi dengiz. Indoneziyada, Seram, Vetar, Janubiy-Sharqiy va boshqa orollar orasida. Maydoni 714 ming kilometr kvadrat, chuqurligi 7440 metrgacha. Suvining yillik o’rtacha temperaturasi 27 gradus. … Read More
BANDA (italyancha banda — to’da) — puflama mis sozlar orkestri. Opera va simfonik orkestrga qo’shimcha cholg’u ansambli sifatida kiritiladi. Ijro vaqtida sahna orqasida joylashadi.
BANGLADESH, Bangladesh Xalq Respublikasi (Gono Projatontri Bangladesh) — Janubiy Osiyodagi davlat. Hind okeanining Bengaliya qo’ltig’i bo’yida joylashgan. Ma’muriy jihatdan 4 viloyatga bo’linadi, ular 19 okrug (distrikt)ni o’z ichiga oladi. Maydoni … Read More
BANGIDEVONA (Datura Stramonium L.) — tomatdoshlarga mansub bir yillik begona o’t. Poyasi tarqoq, tik shoxlanib o’sadi; bo’yi 1,2 metrcha. Bargi tuxumsimon, bandli, uchi qirrali. Gullari oq, barg qo’ltig’ida bittadan joylashgan. … Read More