BAYTUR

BAYTUR — arqog’i juft qilib chiyratilgan, aksari qizil (ba’zan, to’q ko’k) ipdan to’qiladigan gazlama. Ilgari Qashqardan keltirilar, qisman Andijon, O’zgan va O’shda ham to’qilar edi. Hozir to’qilmaydi.

BAYTULMOL

BAYTULMOL (Arabcha — mol-mulk uyi) — Islom mamlakatlarida davlatga qarashli va davlat tasarrufiga o’tkazilgan mol-mulklar saqlanadigan hamda ular yuzasidan davlat hisob-kitob ishlari amalga oshiriladigan maxsus bino. Baytulmolni dastlab xalifa Umar … Read More

«BAYT UL-HIKMAT»

«BAYT UL-HIKMAT» (yoki «Xizonat ul-hikmat») — olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa. Xalifa Horun ar-Rashid (766 — 809) Bag’dodda tashkil etgan. O’zbekcha asarlarda «bilim uyi» yoki «Donishmandlar uyi» deb yuritiladi. Muhammad Xorazmiy … Read More

BAYT UL-MUQADDAS

BAYT UL-MUQADDAS (Arabcha- muqaddas uy) — Quddus (Ierusalim) shahrida qadimdan mavjud bo’lgan, xristianlar va yahudiylarda muqaddas hisoblangan ibodatxonalar; shu munosabat bilan Quddus shahrining o’zi ham Bayt ul-muqaddas deb nom olgan.

BAYT

BAYT (Arabcha — uy) — ikki misra she’r. 1) Sharq xalqlari she’riyati g’azal, qasida, masnaviy va boshqa janrlari Baytdan tuziladi. Tarji’band va tarkibbandlarda bandlarni bir-biriga bog’lovchi Bayt vosita Bayt deyiladi. … Read More

BAYSEITOVA KULASH

BAYSEITOVA KULASH (Gulbahrom) (1912.19.4 (2.5) – Olmaota – 1957.6.6) — qozoq opera xonandasi (lirikkoloraturali soprano). Toshkent davlat konservatoriyasida ta’lim olgan. Qozoq drama teatri (1930 — 34), musiqali teatr (1934 — … Read More

BAYRUT

BAYRUT — Livan Respublikasining poytaxti. O’rta dengizning Sharqiy sohilidagi sertepa yarim orolda joylashgan port. Iqlimi subtropik; yozi issiq va quruq. Yanvarning o’rtacha temperaturasi 14°, avgustniki 28°; o’rtacha yillik yog’in 900 … Read More

BAYROQ

BAYROQ — 1) tayoq, sim va boshqalarga mahkamlangan muayyan rang va o’lchamdagi mato. O’rta asrlarda turkiy xalqlar orasida u tug’a deb atalgan. O’rta asrlarda G’arbiy Yevropa shaharlarida tabaqa, uyushma va … Read More

BAYRON

BAYRON (Vugop) Jorj Noel Gordon (1788.22.1, London – 1824.19.4, Misolungi, Gresiya) — ingliz shoiri, Kembrij universitetida o’qigan. Lordlar palatasi a’zosi (1809 y.dan). «Chayld Harold ziyorati» dostonini (1812, 1817 — 18) … Read More