BAYKAL

BAYKAL (turkiycha Boyko’l) – Sharqiy Sibirning Janubdagi chuchuk suvli ko’l. 456 metr balandlikda joylashgan, tog’lar bilan o’ralgan. Maydoni 31,5 ming kilometr kvadrat. Uzunligi 636 kilometr, o’rtacha eni 48 kilometr. Baykal … Read More

BAYIR

BAYIR, Boyir — qumli cho’llarda shamol ta’sirida paydo bo’lgan botiq joylar. Bayirda kichik chuqurliklar bilan birga qator qum tepalari ham bo’ladi. Qrimda, Turkmanistonda tog’oldi balandliklari c deb yuritiladi. Ustyurt va … Read More

BAYZO

BAYZO (Arabcha — oq rangli, yaltiroq) — qadimgi po’latning bir turi. Sifat jihatdan Isfahon po’latidan so’ng 2-o’rinda turadi. Bayzo olish uchun teng miqdordagi temir va oddiy po’lat o’tda qizdirilib, sandonga … Read More

BAYYERA

BAYYERA (Baiera) — ginkgodoshlar oilasiga mansub qadimgi o’simliklar turkumi. Bargi dixotom tomirli, yarim to’garak yoki keng pona shaklida, asosigacha ayri shoxlanib, bir necha marta bo’lingan. Bargining ustki va ostki epidermis … Read More

«BAYER»

«BAYER» — Germaniyadagi kimyo kompaniyasi, 1863 yilda tashkil topgan. 1992 yilgacha Germaniyaning «I. G. Farbenindustri» kimyo kontserni tarkibiga kirgan. O’g’itlar, o’simliklarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish vositalari, urug’lik dorilanadigan preparatlar … Read More

BAYER ADOLF

BAYER ADOLF (1835.31.10, Berlin -1917.20.8, Shtarnberg) — nemis kimyogari. Peterburg Faning xorijiy muxbir a’zosi (1892). Bo’eqlar va asiklik birikmalar sintezi asoschilaridan biri. 1883 yilda indigoni to’liq sintez qilib, uning tuzilishini … Read More

BAYDARKA VA KANOEDA ESHKAK ESHISH

BAYDARKA VA KANOEDA ESHKAK ESHISH — sport turi, poygalar va slalomdan iborat. Baydarka va kanoeda eshkak eshish musobaqalari 19-asrning 60-yillarida Yevropaning ko’pgina mamlakatlarida eshkakchilar klublari paydo bo’lgandan so’ng boshlandi va … Read More

BAYDARKA

BAYDARKA — xipcha yengil qayiq. Eshkaklari ilgaksiz. Rul bilan boshqariladi, rul oyoqda buriladi. Sport Baydarkasi — yaxlit yog’och yoki plastmassa qoplamali, turist Baydarkasi — yog’och, metall yoki plastmassadan yig’ma qobirg’ali … Read More

BAYDARATA QO’LTIQCHASI

BAYDARATA QO’LTIQCHASI – Kara dengizidagi qo’ltiq, materik qirg’og’i bilan Yamal yarim oroli orasida. Uzunligi qariyb 180 kilometr. Eni 78 kilometr. Qishda muzlaydi. Ayrim yillari, hatto yoz oylarida ham muzlab yotadi.

BAYDARA VODIYSI

BAYDARA VODIYSI – Qrim yarim orolining Janubi-g’arbidagi soylik. Sevastopoldan Janubi-Sharqda. Uzunligi 16 kilometr, eni 8 kilometrgacha. Soylikda dehqonchilik qilinadi, bog’, tokzorlar barpo etilgan, yon bag’rida daraxt va butalar o’sadi. Yalta—Sevastopol … Read More