BORUD

BORUD, borut (turkiycha) — o’q otar qurollar dorisi, porox. Maxsus tuz, oltingugurt va kumir birikmasidan iborat bo’lgan. Turkiy xalklar ajdodi — hunnular tomonidan (Xitoy bilan olib borilgan urushlar jarayonida) ixtiro … Read More

BORTOVKA

BORTOVKA — asosan zig’ir tolasi yoki ip toladan polotno urilishga qalin qilib to’qiladigan gazlama. Ust kiyimlarning qotirmasiga ishlatiladi (avra bilan astar orasiga qo’yiladi). Kiyimni xushbichim qilib qotirib turadi. Bortovkaning egiluvchanligini … Read More

BORTDAGI HISOBLASH MASHINASI

BORTDAGI HISOBLASH MASHINASI — suv osti va suv usti kemalari, aerodinamik va kosmik uchish apparatlari bortiga o’rnatiladigan hisoblash qurilmasi yoki hisoblash mashinalari majmui. U harakatlanayotgan ob’yektga (masalan, suv osti kemasiga) … Read More

BORTDAGI MUVAQQAT DASTUR QURILMASI

BORTDAGI MUVAQQAT DASTUR QURILMASI (kosmonavtikada) — kosmik uchish apparati (kosmik kema) bortiga o’rnatiladigan elektron asbob. Vazifasi — bortdagi tizimlarning boshqaruvga doir buyruq (komanda)larni belgilangan aniq bir vaqtda berishi. Buyruqlarni berish … Read More

BORT

BORT (gollandcha boort) — olmosning donador turlaridan biri. Juda mayda kristallchalar yoki shaklsiz donalardan iborat bo’lgan, juda mayda grafit zarralari yopishgan kulrang, ba’zan deyarli qora tusdagi aniq shaklsiz material. Yuqori … Read More

BORSAKELMAS QO’RIQXONASI

BORSAKELMAS QO’RIQXONASI — Orol dengizining Borsakelmas orolidagi qo’riqxona. Qozog’iston Respublikasi Qizilo’rda viloyatida. 1939 yilda tashkil etilgan. Maydoni 20 ming gektar. Saksovulzorlar va yulg’unzorlar bor. Orolda sayg’oq, jayran kadimdan yashab kelgan, … Read More

BORSAKELMAS BOTIG’I

BORSAKELMAS BOTIG’I — Shimol Ustyurt platosidagi botiq. Shimolda Oqtumshuq, Janubda Markaziy Ustyurt ko’tarilmalari, sharkda Olambek guruhidagi bukilmalar, g’arbda Yorqinboy monoklinal ko’tarilmasi bilan chegaralangan. Shimoli g’arbda som botig’i bilan tutashgan. Janubi … Read More

BORSAKELMAS

BORSAKELMAS — Orol dengizining shimoli g’arbiy qismidagi orol. Qozog’istonning Qizilo’rda viloyatida. Uzunligi 27 kilometr, eni g’arbda 11,5 kilometr, sharqda 2,5 kilometr. Maydoni 133 kilometr kvadrat (1961). Qirg’oqlari asosan tekis, past, … Read More

BORROMINI

BORROMINI, Borromino (Borromini), asli Kastelli Franchesko (1599.25.9, Bissone, Shveytsariya — 1667. 3.8, Rim) — italyan me’mori. Barokko namoyandasi. Mumtoz orderlardan erkin foydalanib, yangi bezak qismlarini tanlab, bino tarzi tuzilishini va … Read More

BOROXORO

BOROXORO — Xitoy g’arbidagi tog’ tizmasi, g’arbiy uchi Qozog’iston hududida. Sharqiy Tyanshan tog’ tizimiga kiradi. Ili daryosi bilan Ebi Nur ko’li havzalari o’rtasida. Uzunligi 250 kilometr. Balandligi 4359 metrgacha. Kristall … Read More